Connected ekspertiga aylaning

Platforma orqali onlayn mijozlarni topib, ular bilan o’z tajribangiz va mahoratingizni baham ko’ring. Virtual konsultatsiyalarda foydalanuvchilarga yordam berish orqali daromad imkoniyatlaringizni ham oshirishingiz mumkin.

Ro’yxatdan o’tish
expert

Yordam

O’z muamolariga yechim izlayotgan foydalanuvchilar bilan aloqa o’rnating. Ularga qiyinchiliklarni yengish uchun tegishli yo'nalish va yechimlarni taklif qiling.

Tajriba

Onlayn mijozlar orqali qaysi bilim va ko’nikmalaringiz odamlarga ko’proq yordam berayotganini bilib olishingiz, kuchsiz nuqtalaringizni vaqtida aniqlab, o’z ustingizda doimiy ishlashingiz mumkin.

Daromad

Har daqiqangiz daromad keltiradi. Ish vaqtingizni va qancha pul topishingizni o’zingiz hal qilasiz. Mahoratingizni daromadga aylantirib, mablag’ oqimingizni oshiring.

Tizim qanday ishlaydi?

1

Ro’yxatdan o’ting, profil yarating va qaysi sohalarda yordam bera olishingizni ko’rsating.

2

Ish vaqtingizni belgilang va shunga mos vaqtda konsultatsiya bering.

3

Sarflaydigan vaqtingiz qiymatiga mos narxni belgilang.

4

HUMO/UZCARD tizimlari yordamida to’lovlarni tezkor va xavfsiz qabul qilib olishingiz mumkin.

Platformaning imkoniyat va afzalliklari

title1

Avtomatik moslashuvchan uchrashuv davomiyligi

Har bir suhbat orasida 10 daqiqadan tanaffus belgilanadi va davomiyligi foydalanuvchi hoxshiga mosa ravishda avtomatik moslashtiriladi.

title2

Cho'zilishlarsiz aniq vaqtda tugaydi

Suhbat tugashidan avval 5 daqiqa qo'shimcha vaqt beriladi. Keyin esa qo'ng'iroq avtomatik tarzda yakunlanadi.

title3

Qo'ng'iroqlar platformaning o'zida amalga oshiriladi

Platformaning ichida bo'luvchi qo'ng'iroqlar davomatni kuzatish va boshqa analitik ma'lumotlarni ta'minlaydi.

title4

Kalendarga ulash

Uchrashuv takliflarini osongina o'zingizga qulay kalendar dasturlariga kiritib qo'yishingiz mumkin.

Batafsil analitika

Ish samaradorligingizni oshirish uchun CONNECTED sizni boshqaruv paneli bilan ta’minlaydi. U orqali mablag’larni nazorat qilishingiz, ish kunlari va vaqtini belgilab borishingiz, konsultatsiyalarni o’tkazishingiz mumkin – hammasi bitta joyda. Biz bilan vaqtingizni tejang va ko’proq mijozlarga yordam ko’rsatish imkoniga ega bo’ling!

Ro’yxatdan o’tish
expert